Tamaraxonim uy muzeyiga ekskursiya

Joriy yilning 14-oktabr kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining bir guruh talabalari O’zbek raqs san’atining buyuk namoyondasi, Xalq artisti Tamaraxonim uy muzeyiga ekskursiya uyushtirdilar.

«Xoreografiya» kafedrasi o’qituvchisi Gulasal Usmonova boshchiligidagi ushbu ekskursiyada Tamaraxonimning uzoq yillik fidokorona mehnatlari orqali o’zbek raqs san’atiga qo’shgan ulkan hissasi haqida sohasining yosh vakillariga atroflicha ma’lumotlar berildi.

Mazkur ekskursiyadan katta taasurot olgan talabalarda raqs san’atiga bo’lgan muhabbat, Tamaraxonimning ijodiga qiziqish yanada ortdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan