Xalqaro ilmiy hamkorlik — ilm-fan va san’at rivoji yo‘lida

Temirbek Jurgenov nomidagi Qozog‘iston milliy san’at akademiyasining 3-bosqich doktoranti Gali Aydana “XX–XXI asrlarda jahon xoreografiya san’ati rivoji tizimida qozoq raqsining plastik kodi fenomeni” mavzudagi ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan ilmiy izlanishlarni olib borish uchun joriy yilning 19-oktyabr kunidan boshlab O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida ish boshladi.

Akademiyaning “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi dotsenti v.b., san’atshunoslik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jalilova Shirin Shuhratovna xorijlik doktorantning Ilmiy tadqiqot o’tash davridagi ilmiy rahbari sanaladi.

Ilmiy izlanishlar davrida doktorant tadqiqot mavzusiga oid ilmiy adabiyotlar va akademik manbalarni o‘rganish, soha mutaxassislari bilan maslahatlashish hamda akademiyada tashkil etiladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etish orqali o‘z ilmiy tadqiqotini yanada takomillashtiradi.

Bu kabi ilmiy izlanishlar akademik mobillikni rivojlantirish, O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda xoreografik ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan