Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi doirasida Qozoğiston Respublikasining yetakçi xoreografiya ta’lim muassasalari rahbarlari Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga taşrif buyurdilar.
Delegatsiya tarkibi:
Kaliyeva Aya Jakenovna – Aleksandr Seleznyov nomidagi Olmaota xoreografiya bilim yurti direktori, Qozoğiston Respublikasida xizmat körsatgan arbob, pedagogika fanlari nomzodi, professor, biznes boshqaruvi magistri (MBA);
Nusipjanova Bibigul Nurgaliyevna – Qozoq milliy xoreografiya akademiyasi rektori, “Qurmet” ordeni sohibasi, Qozoğistonda xizmat körsatgan arbob, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Taşrif davomida mehmonlar akademiya faoliyati, ta’lim yo‘nalişlari va moddiy-texnik bazasi, xoreografiya san’ati sohasi uçun malakali mutaxassislar tayyorlaş jarayonining öziga xos jihatlari bilan yaqindan tanişib, öquv auditoriyalari hamda ixtisoslaştirilgan xonalarni közdan keçirdilar.
Uçraşuv ikki mamlakat xoreografiya ta’lim muassasalari örtasida professional tajriba almaşiş, istiqboldagi hamkorlik yönalişlarini muhokama qiliş va xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlaş uçun muhim imkoniyat böldi.
Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi ta’lim sifatini takomillaştiriş, akademik mobillikni rivojlantiriş, şuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirişga alohida e’tibor qaratadi.




