Joriy yilning 12-noyabr kuni Jahon raqs ta’limi alyansi (World Dance Education Alliance – WDEA) Boş assambleyasi doirasida Alyansning yangi a’zolarini qabul qiliş marosimi bölib ötdi. Unda Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi onlayn formatda iştirok etib, rasman Alyans a’zoligiga qabul qilindi.
Mazkur tadbirda Akademiya nomidan rektor, professor Toxtasimov Şuxrat Maxmutovich onlayn iştirok etdi hamda tabrik sözi bilan nutq sözladi.
Akademiyaning WDEA a’zoligiga qabul qilinişi xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, professional aloqalarni kengaytiriş, özaro tajriba almaşiş, şuningdek, xoreografiya san’ati sohasidagi ta’limiy va ijodiy taşabbuslarni ilgari suriş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.
Alyans a’zoligi xalqaro akademik hamkorlikni yanada mustahkamlşh, ilğor tajribalarni örganiş va almashiş, şuningdek, akademiyaning jahon raqs ta’limi makoniga integratsiyalaşuvi uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.

