12–18-noyabr kunlari Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida “Xalq havaskorlik jamoasi” hamda “Bolalar namunali jamoasi” unvonlariga ega badiiy havaskorlik jamoalarining navbatdagi attestatsiyasi ötkazildi.
Madaniyat vazirligi tomonidan taşkil etilgan ijodiy sinovlarda uç viloyatdan jami 123 ta jamoa iştirok etdi. Jumladan, Andijon viloyatidan 22 ta, Namangan viloyatidan 27 ta va Farğona viloyatidan 74 ta jamoa öz ijodiy dasturlarini taqdim etdi.
Attestatsiya davomida jamoalarning ijro mahorati, repertuari, sahna madaniyati va sönggi uç yillik faoliyati baholandi. Xususan, milliy kuy-qöşiqlar, xalq çolğu ijroçiligi, milliy va zamonaviy raqslar hamda folklor namunalari asosida tayyorlangan çiqişlar namoyiş etildi.
Ijodiy sinovlar Madaniyat vazirligi boş mutaxassisi D. Akramov raisligidagi Respublika komissiyasi tomonidan ötkazildi. Komissiya tarkibiga Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Madaniyatşunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari hamda hududiy madaniyat boşqarmalari rahbarlari kiritildi.
Mazkur attestatsiyaning asosiy maqsadi badiiy havaskorlik jamoalarining ijodiy faoliyatini baholaş, ularning badiiy saviyasini oşiriş, milliy san’at va xalq ijodiyoti an’analarini asrab-avaylaş hamda kelgusi faoliyati uçun yangi yönalişlarni belgilaşdan iborat.
123 ta badiiy havaskorlik jamoasi ijodiy sinovdan ötkazildi







