Azal-azaldan keksa va ko‘makka muhtoj insonlarga mehr-muruvvat ko‘rsatishni odamiylik burchi hisoblaydigan xalqmiz. Ayniqsa, bayram kunlarida yolg‘iz keksalar, imkoniyati cheklangan, yordamga muhtoj yurtdoshlarimizni bayram bilan qutlab, ko‘ngillarini ko‘tarish, xursandchilik ulashish maqsadida ularning holidan xabar olish an’anaga aylangan.
9-may – xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-o‘qituvchilari akademiya nomidan Toshkent shahar Yakkasaroy tumani «Bog‘saroy» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar oldilar.