MUZEYGA TASHRIF UYUSHTIRILDI

Bugun O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi «San’atshunoslik» ta’lim yo’nalishi 1 kurs talabalari «O’zbek tili va adabiyoti» kafedrasi mudiri M.Murodova boshchiligida «18-may – Xalqaro muzeylar kuni» munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalar so’z mulkining sultoni, hazrat Alisher Navoiy umr yo’li, ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Navoiy hayoti va asarlariga bag’ishlab ishlangan ijodiy ishlarni ko’zdan kechirdilar va uning asarlarini aks ettiradigan miniaturalar, amaliy bezak san’ati namunalari va qo’lyozmalar haqida tushunchalarga ega bo’ldilar.

Shundan so’ng shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur bo’limida Boburiylar sulolasi, shoirning o’lmas ijodi, sarkardalik davri to’g’risidagi nodir eksponatlardan bahramand bo’ldilar.

Qolaversa, talabalar muzeyda o’zbek adabiyotining zabardast ijodkorlari, yozuvchi, shoir, tarjimon va davlat arboblari to’g’risidagi qimmatli ma’lumotlarga ham ega bo’ldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan