2024-yil ikkinchi yarim yilligida ilmiy-tadqiqot va iqtidorli talabalar bilan ishlash yо‘nalishida amalga oshirilgan ishlar

  1. 2024-yilning 1-3 avgust kunlari О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Hulkar Hamroyeva “Turk eli” (USA) xalqaro jamoat tashkiloti tomonidan Qirg‘iziston Respublikasining Issiqkо‘l viloyatida о‘tkazilayotgan “Turk dunyosi tarixi, tili va adabiyotini о‘rganishning dolzarb masalalari”ga (“Current issues in the study of history, language, and literature of the Turkic world”) qaratilgan xalqaro simpoziumida “Xorazm “Lazgi” turkumining estetik-etnografik xususiyatlari” (“Avesto” misolida) mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etib, bu borada yaratilgan adabiyotlar bilan simpozium ishtirokchilarini tanishtirdi. Xalqaro simpoziumda AQSH, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va О‘zbekistondan 100 dan ortiq olimlar va jurnalistlar ishtirok etdi. Shuningdek, Hulkar Hamroyevaning ma’ruzasi “Eng yaxshi maqola” sifatida e’tirof etildi. Turkiy tilli xalqlar san’ati va madaniyati taraqqiyotiga qо‘shgan hissasi, milliy raqs sohasidagi ilmiy tadqiqotlari uchun monografiya mualliflari: Gavhar Matyoqubova, Shuxrat Toxtasimov, Hulkar Hamroyevalar Qirg‘iziston Fanlar akademiyasi va Qirg‘iziston Bilim ministrligi tomonidan Xalqaro “Chingiz Aytmatov” medali bilan taqdirlandilar.
  2. 2024-yilning 5-avgust kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tomonidan О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Urganch, Buxoro va Qarshi ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarini sohaga oid adabiyotlar bilan ta’minlash maqsadida Shaxzoda Xudoynazarovaning “Imkoniyati cheklangan о‘quvchilarning tayanch harakatlarini xoreografiya san’ati orqali rivojlantirish” hamda Gulasal Usmonovaning “Mustaqillik davri о‘zbek raqs san’atining rivojlanish tamoyillari” nomli monografiyasi, badiiy adabiyotlar, “Raqs olami” gazetasi va “Nafosat olami” jurnallaridan doimiy foydalanishlari uchun berildi.
  3. 2024-yil 12-avgust kuni  О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tayanch doktorantlari hamda yosh olimlar О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida, yoshlarni ilmiy g‘oyalari va startap loyihalarini qо‘llab-quvvatlash maqsadida “Innovate & Launch: Startup Workshop” mavzusida tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etishdi.
  4. 2024-yil avgust oyida Moskva davlat madaniyat instituti tomonidan о‘tkazilgan “Kreativ kod” (“Ijodiy kod”) olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya san’ati” fakultetining 2024-yilgi 5 nafar bitiruvchisi Moskva davlat xoreografiya institutining ikki yillik magistratura bosqichida grant asosida о‘qishga qabul qilindilar. Kunduzgi bо‘limga: Yusupov Elchinbek Erkin о‘g‘li, Safaraliyeva Anel Eldarovna, Ringler Valeriya Aleksandrovna; sirtqi bо‘limga: Xaytmatova Karina Iskanderovna, Bisenbayeva Elmira Alimovna.
  5. О‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2024-yil
    28-avgustdagi 360/1-son bayonnomasiga asosan О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, filologiya fanlari doktori (DSc) Xamrayeva Xulkar Xamidullayevna, “О‘zbek tili, ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) Adasheva Mavludaxon Umataliyevna, “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi о‘qituvchilari, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artistlar Yunusova Dilbar Muxamedovna va Djuraboyeva Charosoy Xosiljonovnalarga tegishli ixtisosliklar bо‘yicha “dotsent” ilmiy unvoni berildi.
  6. 2024-yil 4-sentabr kuni О‘zR Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qо‘mitasining 2022-yil 8-noyabrdagi “2030-yilga qadar О‘zbekiston Respublikasida gender tengligiga erishish strategiyasi va uni
    2021-2022-yillarda amalga oshirish bо‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi tо‘g‘risida”gi 128-son qarori 5-bandi va О‘zR Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining “OTMlarida ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashxur ayollar nomi bilan ataluvchi stipendiyani joriy etish tо‘g‘risida”gi 2022-yil 22-dekabrdagi 422-son buyrug‘i, О‘zDXA rektorining 2023-yil 10-yanvardagi “Akademiyada Mukarrama Turg‘unboyeva nomi bilan ataluvchi stipendiyani joriy etish tо‘g‘risida”gi 2-I-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, akademiya Kengashi tavsiyasi va akademiya rektorining 2024-yil 4-sentabrdagi 99-T-son buyrug‘iga asosan, 2024-2025 о‘quv yili uchun “Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi maxsus stipendiya” “Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yо‘nalishi, о‘zbek guruhi, 3-kurs talabasi Jurakulova Sevinch Zoxidjon qiziga berildi.
  7. 2024-yilning 19-sentabr kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori Nozim Qosimov О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 5-avgustda bо‘lib о‘tgan Hay’at yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida filialdagi о‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bо‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli kо‘rsatmalar berildi. Shuningdek, xizmat safari doirasida, Urganch ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatida bо‘lib, yangi о‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bо‘lgan vazifalar xususida tavsiyalar berdi. Uchrashuv yakunida о‘quvchi-yoshlarni rag‘batlantirish, kitobga bо‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish, filial va maktab-internat kutubxonasi fondini boyitish uchun qiziqarli badiiy adabiyotlar jamlanmasi tuhfa etildi.
  8. 2024-yilning 20-sentabr kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori Nozim Qosimov О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 147-son qarori 1-ilovasi bilan О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga biriktirilgan Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida bо‘lib, о‘quvchi-yoshlarga yaratilgan sharoitlar va tashkil etilgan ijodiy tо‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif doirasida ijod maktabi ixtisosliklari kesimida navbatdagi fan olimpiadasi tashkil etildi. Olimpiada yakunlari bо‘yicha g‘oliblar akademiya tomonidan esdalik sovg‘alari va badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi. Uchrashuv yakunida “Ustoz-shogird” an’analari asosida akademiyaning professor-о‘qituvchilari tomonidan ijod maktabida mahorat darslarini tashkil etish, ijod maktabi о‘qituvchilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularning kasbiy va ilmiy-ijodiy mahoratini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etish, shu bilan birga ijod maktabi о‘qituvchilariga fan uyangiliklarini berib borish, hamkorlikda metodik ishlanmalar tayyorlash hamda 2024/2025-о‘quv yilidan boshlab har yili soha rivojiga katta hissa qо‘shgan ijodkorlarning faoliyatiga bag‘ishlangan kо‘rik-tanlov va fan olimpiyadalarini tashkil etish bо‘yicha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar xususida kelishib olindi.
  9. 2024-yilning 20-sentabr kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasida tadqiqotchi Kadirov Ramz Turabovichning “Talaba-aktyorlarda sahna nutqiga oid bilim va koʻnikmalarni takomillashtirish texnologiyalari” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy seminar bо‘lib о‘tdi. Muhokama xulosasiga kо‘ra mazkur dissertatsiya ishi himoyaga tavsiya etildi.
  10. 2024-yilning 25-sentabr kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasida tadqiqotchi Osetrova Vlada Anatolevnaning 17.00.02 – Musiqa san’ati ixtisosligi bо‘yicha “О‘zbekiston fortepiano musiqasining stilistik tendensiyalari (Mustafo Bafoyev ijodi misolida)” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy seminar bо‘lib о‘tdi. Muhokama xulosasiga kо‘ra mazkur dissertatsiya ishi himoyaga tavsiya etildi.
  11. 2024-yil 7-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “INNOWOMENWEYEK-2024” ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasida “Olima ayollarning ta’lim va fandagi yutuqlari” mavzusida muloqot uchrashuvi bо‘lib о‘tdi. Uchrashuvda О‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining о‘rinbosari Zulayxo Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qо‘ng‘irotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi rahbari Sharof Rajabbayev ishtirok etdilar. Mazkur uchrashuvda О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-о‘qituvchilari, xotin-qizlardan iborat bir guruh yosh olimlar va doktorantlar faol ishtirok etdilar.
  12. 2024-yil 14-oktabr kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamda Moskva davlat lingvistika instituti hamkorligida “Jahon adabiyoti kontekstida Chingiz Aytmatov nasri intertekstuallik, madaniy kodlar” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy davra suhbati bо‘lib о‘tdi. Suhbatni Moskva davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar instituti direktori Krilov Viktor Vasilyevich tabrik sо‘zi bilan ochdi. Shundan sо‘ng, filologiya fanlari doktori, Moskva davlat lingvistika universiteti Xalqaro hamkorlik bо‘yicha loyiha byurosi direktori Yegorova Olga Gennadiyevna “2023-2024-yillarda Aytmatov о‘qishlari” ilmiy-ma’rifiy va targ‘ibot loyihasini amalga oshirish tо‘g‘risida sо‘z yuritdi. Shuningdek, Moskva  davlat pedagogika universiteti filologiya kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Smirnova Alfiya Islomovna Chingiz Aytmatovning “Va bir asrdan uzoq davom etadi” romani tahlili asosida fikrlari bilan о‘rtoqlashdi. Onlayn shaklda bо‘lib о‘tgan mazkur davra suhbatida, akademiyaning “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi mudiri, dotsent Shovkat Umarov, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Hulkar Hamroyeva, “San’atshunoslik” yо‘nalishi talabalari Arofat Adilova, Durdona Ubaydullayeva, Ramizxon Hojiyev, Sherzod Qodirov, Jamshid Mirsoliyevlar ishtirok etdi.
  13. 2024-yil 17-oktabr kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida tadqiqotchi Nazarova Gavhar Rinat qizining 17.00.03 – Kino san’ati, televideniye ixtisosligi bо‘yicha “О‘zbekiston zamonaviy hujjatli kinosining rivojlanish tendensiyalari  evolyusiyasi” mavzusidagi San’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy seminar о‘tkazildi. Seminar xulosasiga asosan mazkur dissertatsiya himoyaga tavsiya etildi.
  14. 2024-yilning 15-18-oktabr kunlari Moskva davlat madaniyat institutida “Madaniyat va san’at universitetlari xalqaro gumanitar hamkorlikda: Rossiya
    va Xitoy madaniyatlari о‘rtasidagi muloqot” mavzusidagi Xalqaro kongress bо‘lib о‘tdi. Kongress tashkilotchisi sifatida 2007-yilda “Madaniyat va san’at universitetlari jahon ta’lim makonida” birinchi xalqaro simpoziumida madaniyat
    va san’at universitetlarining xalqaro uchrashuvlarini о‘tkazish an’analarini davom ettirib kelayotgan Moskva davlat madaniyat instituti hisoblanadi. Kongressda, shuningdek, hamkorlik memorandumi doirasida Moskva davlat madaniyat instituti rektori Yekaterina Kudrina taklifiga binoan О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Toxtasimov Shuhrat Maxmutovich ishtirok etdi.
  15. 2024-yilning 16-17-oktabr kunlari О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 304-son qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga kо‘ra, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichida tahsil olayotgan tayanch doktorant (PhD), mustaqil izlanuvchi (PhD)larning ilmiy faoliyatini о‘rganish hamda monitoring о‘tkazish maqsadida Ishchi guruhi faoliyat olib bordi. Ishchi guruhi tomonidan о‘rganish natijalari bо‘yicha faoliyatga ijobiy baho berilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar tо‘g‘risida kelishib olindi.
  16. 2024-yilning 21-23-oktabr kunlari О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich Boku xoreografiya akademiyasining о‘quv ishlari bо‘yicha prorektori, rektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi Noila Mamed-Zade taklifiga binoan о‘rta-maxsus ta’lim bosqichi bitiruvchilariga diplom topshirish rasmiy taqdimot marosimida faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Shuningdek, tashrif doirasida SH.M.Toxtasimov Boku xoreografiya akademiyasi talabalari uchun “Klassik raqs” bо‘yicha mahorat darslari, savol-javoblar о‘tkazdi hamda professor-о‘qituvchilar о‘rtasida metodik tahlillar qilib, о‘z bilim va tajribalari bilan о‘rtoqlashdi.
  17. 2024-yilning 21-25-oktabr kunlari О‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida о‘tkazilgan IV Yosh kutubxonachilar forumida О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Axborot-resurs markazi rahbari Malohat Pо‘latova ishtirok etdi.
  18. 2024-yil 24-oktabr kuni poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida “Xalqaro madaniy meros haftaligi”doirasida Madaniyat vazirligi tomonidan “Yangi О‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusida  xalqaro forum bо‘lib о‘tdi. Xalqaro forum doirasida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Tirik tarix” loyihasi taqdimoti, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi tomonidan chop etilgan “Turkiy tilli davlatlar milliy musiqa cholg‘ulari” kitobi taqdimoti, О‘zbek milliy cholg‘ulari kо‘rgazmasi hamda “CHо‘lpon” spektakli namoyishi bо‘lib о‘tdi. Mazkur forumda akademiya professor-о‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.
  19. 2024-yilning 18-26-oktabr kunlari О‘zbekiston xalqaro madaniy meros haftaligi doirasida tashkil etilgan “Sharq renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxsar va tamaddunlar” mavzusidagi xalqaro anjuman ishida prorektor N.Kasimov boshchiligida doktorantlar faol ishtirok etdilar.
  20. 2024-yilning 29-oktabridan 4-noyabriga qadar О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi о‘qituvchisi, mustaqil izlanuvchi Dilafruz Dosjanova Qozog‘istonning Olmota shahridagi Ayollar pedagogika universiteti, “Xoreografiya va art menejment” kafedrasi tomonidan о‘tkazilgan “Kо‘p madaniyatli jamiyatda san’at: an’analar va innovatsiyalar”
    IV xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida “Bolalar raqs jamoalarida xoreografiya darslarini о‘tkazish metodologiyasining xususiyatlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman doirasida D.Dosjanova hamda “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi о‘qituvchisi Susana Useinova  tomonidan onlayn “ZOOM” platformasi orqali mahorat darslari о‘tkazildi.
  21. 2024-yilning oktabr oyida О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya san’ati” fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori (PhD) Mexrinisa Xolmuradova “Madaniyat va ma’rifat” telekanali “Agar…” kо‘rsatuvining “Bilimdan boylikka: Ta’lim-kambag‘allikni kamaytirishning kaliti” mavzusidagi, bо‘lim boshlig‘i, pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) Shaxzoda Xudoynazarova “Mahalla” teleradiokanali “Minbar” kо‘rsatuvining “Madaniy diplomatiyaning tashqi siyosatdagi о‘rni” mavzusidagi davra suhbatida, “О‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun” munosabati bilan  “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Qadring baland bо‘lsin Ona tilim” bayram dasturida filologiya fanlari nomzodi Ravshan Jomonov hamda “О‘zbekiston” telekanali “Assalom О‘zbekiston” kо‘rsatuvining 16-noyabrdagi soni mehmoni sifatida akademiyasi rektori, professor Shuxrat Toxtasimov va “San’at nazariyasi
    va tarixi” kafedrasi dotsenti filologiya fanlari doktori (DSc) Hulkar Hamroyeva hammualliflikda yozilgan “Xorazm “Lazgi” raqsi: tarixi va tavsifi” monografiyasi haqida suhbatlashdilar. “О‘zbekiston” telekanali “О‘zbekiston 24” informatsion dasturida Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish choralari tо‘g‘risida О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuxrat Toxtasimov intervyusi efirga berildi.
  22. 2024-yil 4-noyabr kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligini keng nishonlash tо‘g‘risida” 2024-yil 12-sentabrdagi PQ-323-son qarori hamda О‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik kо‘rish va о‘tkazish bо‘yicha tashkiliy qо‘mita majlisining 158-son bayonida belgilangan “Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini о‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovinining birinchi bosqichi о‘tkazildi. Tanlovga akademiya talabalaridan kelib tushgan 20 dan ortiq ilmiy maqolalar ekspertlar guruhi tomonidan tahlil etildi. Ekspertlar xulosasiga kо‘ra “San’atshunoslik” ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabasi Mirsoliyev Jamshidbek 1-о‘rin, “Xoreografiya jamolalari rahbari” ta’lim yо‘nalishi 4-bosqich talabasi Rasulova Ruxshona 2-о‘rin va “Xoreografiya jamolalari rahbari” ta’lim yо‘nalishi 2-bosqich talabasi Nо‘monova Dilyora 3-о‘rin g‘olibi deb topilib, tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etildi.
  23. 2024-yilning 7-9-noyabr kunlari Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasida “Ostona balet” teatri sahnasida “Temps Lie” III Xalqaro professional xoreografiya ta’lim muassasalari festivali bо‘lib о‘tdi. Mazkur muhim madaniy tadbir, xoreografiya san’atini xalqaro maydonda rivojlantirish, targ‘ib qilish, turli mamlakatlar xoreografiya maktablari о‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan festival, taniqli balet raqqosalari va xoreograflarining tajriba almashishi hamda ijodiy yutuqlari maydoniga aylandi. Hamkorlik memorandumi doirasida Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasi rektori Bibigul Nusipjanova taklifiga binoan О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Toxtasimov Shuhrat Maxmutovich festivalda faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Festivalning tantanali ochilish marosimi martabali mehmonlar ishtirokidagi matbuot anjumani bilan boshlandi va festivalning ikkinchi kuni akademiyada “Zamonaviy ta’lim tizimida xoreografiya maktabini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati bо‘lib, unda О‘zDXA rektori, SH.M.Toxtasimov “О‘zbekistonda xoreografik ta’lim: an’analar va innovatsiyalar” mavzusida ma’ruza qildi. “Temps Lie” festivali nafaqat raqs festivali, balki tajriba almashish, xalqaro aloqalarni о‘rnatish, yangi ijodiy g‘oyalarni ilhomlantirishga zamin yaratdi va ikki nufuzli xoreografiya maktablari: Boris Eyfman va Pekin raqs akademiyalari talabalarining “Ostona balet” sahnasidagi gala-konserti bilan yakunlandi.
  24. 2024-yil 14-16-noyabr kunlari О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-apreldagi “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi
    PQ-3682-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan о‘tkazilgan “InnoWeyek.Uz-2024” “Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori boshchiligida akademiya professor-о‘qituvchilari, doktorantlar va magistrantlar faol ishtirok etishdi. Shuningdek, forumda “Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yо‘nalishi talabalari о‘zlarining ijodiy chiqishlarini namoyish etdilar.
  25. 2024-yil 15-noyabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi “О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan
    va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va о‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 36-son qarorining 3-bandiga asosan talaba va о‘quvchilarning jamiyat taraqqiyotiga munosabatini aniqlash, ularda notiqlik mahorati va ilmiy salohiyatni namoyon qilish, xorijiy talabalar bilan О‘zbekiston talabalarining ilmiy muloqotini tashkil etish maqsadida “Dunyoqarashlar muloqoti: yoshlarning jamiyat kelajagiga munosabati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida akademiya iqtidorli talabalari faol ishtirok etdilar.
  26. 2024-yil 21-noyabr kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 17.00.02 – Musiqa san’ati ixtisosligi bо‘yicha tadqiqotchi Tashpulatov Muzaffar Fayzullayevichning “XX asrning 20-40-yillarida О‘zbek musiqashunosligining shakllanishi” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi bо‘yicha ilmiy seminar о‘tkaziladi. Ilmiy seminar xulosasi kо‘ra mazkur tadqiqot ishi himoyaga tavsiya etildi.
  27. 2024-yil 21-noyabr kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2025-yil uchun Raqs san’ati ixtisosligi bо‘yicha mutaxassislik fanidan tayanch doktoranturaga kirish imtihoni bо‘lib о‘tdi.
  28. 2024-yil 21-noyabr kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektorining 2024-yil 25-oktabrdagi 107-i-son buyrug‘i asosida tasdiqlangan “Yosh olimlar kengashi” yangi tarkibining navbatdagi yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi. Yig‘ilishda Kengashning oldida turgan dolzarb masalalar muhokama etilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
  29. 2024-yil 21-23-noyabr kunlari О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi mudiri Gulasal Usmanova hamda “Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yо‘nalishi 4-bosqich talabalari О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 151-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, “Central Asian Expo Uzbekistan” (CAEX) kо‘rgazmalar saroyida о‘tkazilgan “Ipak yо‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etdilar.
  30. 2024-yil 22-24-noyabr kunlari О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “Professional ta’lim” yо‘nalishi, rus guruhi 1-bosqich talabasi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna “Fiestalonia Milenio” (Ispaniya) festival qо‘mitasi tomonidan Toshkent shahrida о‘tkazilgan “Open Asia” xalqaro tanlovida birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Fiestalonia Milenio” festival qо‘mitasi tashkilotchilari О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi dotsenti Yunusova Dilbar Muhamedovnaga YE.D.Trashkovaning festivalda ishtirokini qо‘llab-quvvatlagani, yosh iste’dodlarga qilgan g‘amxо‘rligi, san’at va madaniyat rivojiga qо‘shgan hissasi, xalqaro festival harakati va xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlashga bergan kо‘magi uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.
  31. 2024-yil 24-noyabr kuni Toshkent shahrining “Hilton” mehmonxonasida “О‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi” tashabbusi bilan umrboqiy meros “Maqomlar – san’atning gultoji” nomli Uyg‘ur 12 muqamiga bag‘ishlangan xalqaro forum bо‘lib о‘tdi. Forumda О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi dotsenti Durdona Abduxakimova hamda 2-bosqich magistranti Surayya Arkin ishtirok etdi. 13 davlatdan tashrif buyurgan maqom san’ati ixlosmandlarini birlashtirgan mazkur xalqaro forumda О‘zbekistondagi “Uyg‘ur maqom ansambli” jо‘rligida uyg‘ur maqomlaridan biri sanalgan “Jula” maqomiga magistrant S.Arkin tomonidan raqs ijro etildi.
  32. 2024-yilning 27-28-noyabr kunlari Hindistonning “Jamia Millia Islamia” universitetida Javoharla’l Neru universiteti (mazkur oliygohlar top-1000 talikka kirgan) bilan hamkorlikda “Doro Shukuh: madaniy yangilanish va diniy bag‘rikenglik” mavzusida о‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tо‘plami hind tilida chop etildi. Tо‘plamda О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor SH.Toxtasimov, О‘zDXA Urganch filiali professori, О‘zbekiston xalq artisti G.Matyoqubova, О‘zDXA Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha birinchi prorektori, professor, О‘zbekiston xalq artisti R.Sultanova, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent H.Hamroyeva, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent P.Tashkenbayev, filologiya fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) T.Butunbayeva kabi professor-о‘qituvchilarning, О‘zDXA matbuot kotibi SH.Umarovaning, shuningdek, О‘zDXA “San’atshunoslik” ta’lim yо‘nalishi talabalari: D.Ubaydullayeva, K.Xojikulova, D.Abduzohidova, A.Adilova, I.Maqsudov, R.Zoirov, M.Yakubjanova, J.Ovazaliyeva, О‘zDXA Urganch filiali talabasi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori R.Sapayevalarning о‘zbek milliy raqs san’ati, xoreografiya ta’limi, о‘zbek tilshunosligiga oid muhim masalalar kо‘tarilgan maqolalari hamda mazkur maqolalarni tarjima qilishda yaqindan yordam berib kelayotgan hamkorimiz xalqaro jurnalist va tarjimon A.Allayarovning о‘zbek bolalar folklor raqslari haqidagi maqolalari о‘rin olgan.
  33. 2024-yil 28-noyabr kuni “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi о‘qituvchisi Susanna Useinova Akmulla nomidagi Bashqiriston davlat pedagogika universitetida “MUSIQA VA XOREOGRAFIK TA’LIM: MUAMMOLAR, TAJRIBA, ISTIQBOLLAR” nomli Butunrossiya ilmiy-amaliy anjumanida “О‘zbek milliy raqsining siymoviy boyligi” mavzusida onlayn ma’ruza bilan ishtirok etdi. Anjuman ishtirokchilari о‘zbek milliy raqsining asosiy yо‘nalishlari, boy tarixi, oltin merosi va siymoviy mazmuni bilan yaqindan tanishdilar.
  34. 2024-yil noyabr oyida Doro Shukuh: madaniy yangilanish va diniy bag‘rikenglik» mavzusida Hindistonning “Jamia Millia Islamia” universitetida о‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida “Mahatma Gandi ilmiy markazi”da davra suhbati bо‘lib о‘tdi. Mazkur tadbirda О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali professori, О‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova ““Avesto” davri marosim raqslari” hamda О‘zDXA “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) Hulkar Hamroyeva “Hind-о‘zbek madaniy-ilmiy aloqalari” mavzusida ma’ruza qildlar.
  35. О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” о‘qituvchisi Yelena Qori-Yoqubovaning Rossiya Federatsiyasida chop etiladigan “Balet” ilmiy-ommabop jurnalining 2024-yil 5 (246)-sonida О‘zbekiston xalq artisti, balerina, raqqosa, ustoz san’atkor Gulnara Mavayeva hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi.
  36. 2024-yil 25-26-noyabr kunlari Temirbek Jurgenov nomidagi Qozog‘iston milliy san’at akademiyasida “Xoreografiya san’atida rejissura va pedagogika: an’analar va innovatsiyalar» mavzusida о‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Shuxrat Toxtasimov, Urganch filiali professori, О‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova, “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti, f.f.d (DSc) Hulkar Hamrayeva, о‘qituvchisi Yelena Qori-Yoqubovalar raqs san’atiga oid dolzarb mavzudagi maqolalari bilan ishtirok etdilar.
  37. О‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2024-yil
    30-noyabrdagi 364/1-son bayonnomasiga asosan “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi о‘qituvchisi Sultanova Rushana Ramilovnaga “Teatr san’ati” ixtisosligi bо‘yicha “professor” ilmiy unvoni berildi.
  38. 2024-yil 6-noyabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
    17-oktabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik kо‘rish va uni о‘tkazish tо‘g‘risida”gi F-53-son Farmoyishi 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik kо‘rish va ularni о‘tkazish dasturi” 51-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida talabalar, magistrlar va doktorantlar о‘rtasida “Konstitusiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi tashkil etildi. Tanlov natijalariga kо‘ra, g‘oliblar va ishtirokchilar akademiya rahbaryati tomonidan taqdirlandilar.
  39. О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining
    2024-yil 11-dekabrdagi “2024/2025-о‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalariga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tо‘g‘risida”gi 464-son buyrug‘iga muvofiq, Xoreografiya (turlari bо‘yicha) ta’lim yо‘nalishi, rus guruhi 4-kurs talabasi Abaqulov Asadbek Inobiddin о‘g‘li “О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi”ga, Xoreografiya (turlari bо‘yicha) ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Xaydarov Islom Ilhom о‘g‘li “Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi”ga savor bо‘ldi.
  40. 2024-yil 11-15-dekabr kunlari Bishkekda qirg‘izistonlik raqqos, xoreograf, Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti, Davlat mukofoti laureati, professor Uran Sarbag‘ishev tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Uluu-Eles” birinchi xalqaro balet tanlovi bо‘lib о‘tdi. Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport
    va yoshlar siyosati vazirligi kо‘magida, A.Maldiboyev nomidagi Qirg‘iziston Milliy akademik opera va balet teatri sahnasida bо‘lib о‘tgan tanlovda Rossiya, Qozog‘iston, О‘zbekiston, Yaponiya va Qirg‘izistondan kelgan balet artistlari, professional ta’lim muassasalari talabalari, xoreograflar bellashdilar. Mazkur xalqaro tanlovda О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Professional ta’lim” yо‘nalishi 3-bosqich talabasi Qо‘chqorov Abdug‘affor Nodir о‘g‘li ishtirok etib, faxrli uchinchi о‘rin sohibi, Arstan Irsaliyev nomidagi tomoshabinlar tanlovi g‘olibi bо‘ldi hamda pul mukofoti va medal bilan taqdirlandi.
  41. 2024-yil 16-dekabr kuni “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi professori v.b. Inna Grigorevna Gorlina san’atga sadoqati va balet orqali madaniyatlarni birlashtirishga, xalqaro gumanitar va madaniy aloqalarni rivojlantirishga qо‘shgan ulkan hissasi hamda faol ishtiroki uchun О‘zbekistondagi Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi, xorijdagi vatandoshlar va xalqaro gumanitar hamkorlik bо‘yicha Federal agentligining (Rossotrudnichestvo) diplomi bilan taqdirlandi.
  42. О‘zbekiston Respublikasi Xalqaro adabiyot, san’at, madaniyat va ijtimoiy fanlar akademiyasi Prezidiumining 2024-yil 18-dekabrdagi 18/1224-12-son qaroriga asosan, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professorlari Qо‘rqmas Sagatov va Rushana Sultanova Xalqaro adabiyot, san’at, madaniyat
    va ijtimoiy fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga qabul qilinib, “Akademik” faxriy unvoni berildi. Shuningdek, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tyutori  Saltanat Sultanova Xalqaro adabiyot akademiyasi qoshidagi Butunjahon xalq ijodkorlari uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi.
  43. 2024-yil 9-17-dekabr kunlari О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) Hulkar Hamroyeva Qozog‘iston Respublikasi J.Tashenev nomli universitet bilan imzolangan memorandumga binoan, akademik mobillik asosida “О‘zbek tili
    va adabiyoti” yо‘nalishida ta’lim olayotgan magistrlar, talabalarga belgilangan dars jadvaliga muvofiq mashg‘ulotlar о‘tkazdi. Shuningdek, “О‘zbek tili va adabiyoti” yо‘nalishida ta’lim olayotgan magistrlar, talabalar hamda Chimkent shahridagi “О‘zbek tili va adabiyoti” fani о‘qituvchilari uchun “Ilmiy maqola yozish talab va tamoyillari” mavzusida seminar, magistrlarning dissertatsiyalari yuzasidan yakka mashg‘ulotlar tashkil qilindi. J.Tashenev nomli universitet Xalqaro aloqalar departamenti direktori, filologiya fanlari bо‘yicha falsafa doktori Shahlo Naraliyeva bilan Turkiston viloyati, Sayram tumanidagi 112 va 107-о‘rta umumta’lim maktablari yuqori sinf о‘quvchilari, о‘qituvchilari va maktab rahbariyati bilan “Millatlararo totuvlik va bardamlikni mustahkamlashda adabiy-madaniy, ilmiy-ma’rifiy hamkorlikning о‘rni va ahamiyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazilib, maktab kutubxonalari uchun kitoblar topshirildi. Tadbirlarda faol ishtirok etgan о‘quvchilar о‘zbek tilidagi yangi kitoblar bilan taqdirlanib, “Mahorat darsi”, “Bahru bayt” musobaqalari uyushtirildi. Qozog‘iston xalq assambleyasi, Qozog‘iston о‘zbeklari etnomadaniy birlashmalari “Dо‘stlik” hamjamiyati qoshidagi ilmiy kengash va ekspertlar kengashi a’zolari bilan о‘rta umumta’lim maktablarining 10 va 11-sinf о‘quvchilari uchun tayyorlangan “О‘zbek tili”
    va “О‘zbek adabiyoti” darsliklarini nashrga tavsiya etish bо‘yicha yig‘ilishda ekspertlar kengashining raisi sifatida ishtirok etdi.
  44. О‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2024-yil
    25-dekabrdagi 365/1-son bayonnomasiga asosan О‘zDXA rektori Toxtasimov Shuxrat Maxmutovichga “Teatr san’ati” ixtisosligi bо‘yicha “professor” ilmiy unvoni berildi.
  45. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “О‘zbekiston – 2030” strategiyasining har bir insonga о‘z salohiyatini rо‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yо‘nalishi bо‘yicha 2024-yilga mо‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 22-noyabrdagi “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovini tashkil etish tо‘g‘risidagi 441-son buyrug‘i imzolandi. Unga kо‘ra oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yosh olim, ilmiy izlanuvchi va talabalar о‘rtasida “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovini tashkil etish hamda о‘tkazish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida faoliyat olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar, magistrantlar va talaba-yoshlar о‘rtasida tanlov tashkil etildi.