ILMIY JURNAL

«NAFOSAT OLAMI» jurnali govohnomasi

 

 

Guvohnomani yuklab olish >

 

 

O‘zbekiston davlat  xoreografiya akademiyasi muassisligida “Nafosat olami” ilmiy-nazariy, amaliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy jurnali ta’sis etildi va uning ikkita soni nashr etildi.

Jurnalning asosiy vazifasi – fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar natijalarini tahliliy maqolalar, bibliografik va ilmiy sharhlar hamda xabarlar, taqrizlar, hujjatlar, tarixiy maʼlumotnomalar va gender masalalari hamda oila instituti sohasidagi boshqa ilmiy materiallar koʻrinishida chop etishdan iborat.

Mazkur  ilmiy nashrning bosh muharriri — O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Shuhrat Toxtasimov. Jurnal  nufuzli xalqaro maʼlumotlar bazalariga (SCOPUS, Web of Sciences, EBSCO, Rossiya ilmiy iqtiboslash indeksi) kiritish uchun zarur boʻlgan ISSN seriya raqamli xalqaro standartga ham ega boʻlib, bosma shaklda bir yilda 4 marta  nashr etiladi.

Tahririyat “Nafosat olami” jurnalini mazmunan takomillashtirish boʻyicha tavsiyalarni tayyorlash jarayonida, soha ekspertlari doiralari, yetuk mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan tizimli hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, Oʻzbekistonda raqs sana’atini ommalashtirish va yanada rivojlantirishga nafaqat mamalakatimiz, balki  xalqaro jamoatchilik eʼtiborini qaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

 

«Akademiyada ilmiy noshirlik faoliyat hamda dissertatsiyalarda ko’chirmachilikni aniqlash tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektorining 2024-yil 2-fevraldagi buyrug’i(yuklab olish)

 

Nafosat olami jurnali barcha sonlarini yuklab olish