Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan ishlash bo’limi

XUDOYNAZAROVA SHAHZODA TURSUNOVNA

Bo’lim boshlig’i
Qabul kunlari: Payshanba:  10:00 – 12:00
Tel: (+998 71) 215-56-98
E-mail: manaviyat@uzdxa.uz

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisidagi” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli, 2018-yil 25-oktyabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3982-sonli qarorlariga muvofiq tashkil etilgan.
Mazkur boʻlimda talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari akademiyaning malakali kadrlar yetishtirish yoʻnalishidagi faoliyatida boʻlajak mutaxassislarning sohaga oid masalalarni ilmiy va amaliy jihatdan hal qilish koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha faoliyat olib boradi.
Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatining maqsad va vazifalari
Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishdan koʻzlangan maqsad:
– tegishli taʼlim sohalari boʻyicha talabalarning bilimini oshirish;
– malakali kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish;
– xoreografiya akademiya talabalarining ijodiy qobiliyati va ijod erkinligini, shuningdek ularda oʻquv jarayoni va kelajakda amalga oshiradigan amaliy faoliyatida tashabbuskorlik hissini shakllantirish va rivojlantirish;
– talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish yoʻli bilan oʻz mutaxassisligiga boʻlgan ijodiy yondashuvini shakllantirish, boʻlajak mutaxassislarning shaxsiy professional xususiyatlarini shakllantirishga koʻmaklashish.

Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishning asosiy vazifalari:
– talabalarning (ijodiy)ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishning turli usullari, yoʻnalishlari va koʻnikmalarini oʻzlashtirishiga erishish;
– talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatida ishtirok etishi orqali oʻquv materiallarini chuqurroq oʻzlashtirishiga koʻmaklashish va ularning ushbu jarayonga ijodiy yondashuvini kuchaytirish;
– oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim bosqichlariga qobiliyatli yoshlarni tanlash boʻyicha ishlarni tashkil etishda kutilgan sifat va samaraga erishishga koʻmaklashishdan iborat.

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025/2026-о‘quv yili uchun О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari g'olib bo'lgan tababalar

Nomonova Dilyoraxon Otabek qizi “О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi” g'olibi

Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna “Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi” g'olibi

О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2025/2026-о‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalariga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tо‘g‘risida” 2026-yil 2-fevraldagi 34-son buyrug’iga muvofiq, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Nomonova Dilyoraxon Otabek qizi “О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi”ga sazovor bо‘ldi.

Ilmiy rahbar: O’zDXA «O‘zbek tili, ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya» kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), professor v.b. Murodova Matluba Shukurovna. Akademiya jamoasi nomidan D.Nomonovani samimiy qutlab, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!

О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2025/2026-о‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalariga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tо‘g‘risida” 2026-yil 2-fevraldagi 34-son buyrug‘iga muvofiq, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Professional ta’lim” yо‘nalishi 3-kurs talabasi Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna
“Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi”ga sazovor bо‘ldi.

Ilmiy rahbar: O’zDXA “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi dotsenti Yeshimbetova Aydin Ibadullayevna. Akademiya jamoasi nomidan Y.Trashkovani samimiy qutlab, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xalqaro va mahalliy ko'rik tanlovlarda g'olib bo'lgan tababalar

Mushtariy Xasanova

Mohlaroy Rajabova

Toshkent shahrida, “New Talents” xalqaro tashkiloti tomonidan musiqa va san’at yo‘nalishidagi iqtidorlilar uchun
“Yilning xalqaro yulduzlari” (International Stars of the Year) nomli xalqaro tanlovi bo’lib o’tdi.

Tanlovda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2- kurs “Xoreografiya jamoalari rahbari” talabasi Mushtariy Xasanova “Xoreografiya” yo’nalishi bo’yicha Gran Pri sohibasi bo’ldi

Iste’dodlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida,
«ART&MUSIC PLANET» ijodiy loyihasi tashkilotchiligida o’tkazilgan “Yangi O’zbekiston iqtidorlari” xalqaro ko’rik-tanlovida, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2-bosqich “Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yo’nalishi iqtidorli talabasi Mohlaroy Rajabova ishtirok etib, Gran-Pri sovrindori bo’ldi va Qozog’iston Respublikasi Chimkent shahrida bo’lib o’tadigan navbatdagi ko’rik-tanlovda ishtirok etish uchun chegirmali yo’llanmani qo’lga kiritdi.