Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bо‘limi

VAKANT

Bo’lim boshlig’i

Qabul kunlari: Payshanba:  10:00 – 12:00

Tel: (+998 71) 215-56-98

E-mail:anticor@uzdxa.uz

  • KORRUPSIYAGA QARSHI ҜURASHISH “KOMPLAYENS NAZORAT” TIZIMINI BOSHQARISH BOʻLIMI BOSH MUTAXASSISINING LAVOZIM VAZIFALARI

    • oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;
    • oʻziga yuklangan funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomini ta’minlash talablarini bajarilishi;
    • akademiya rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlanishi;
    • akademiyada komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati;
    • jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi hamda qonunchilik hujjatlari asosida hal etilishi uchun javob beradi.
    • Boʻlim boshligʻining asosiy funksional vazifalari quyidagilardan iborat:
    • boʻlimga umumiy rahbarlik qiladi, boʻlim ishini tashkil etadi, boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomi boʻyicha toʻliq javob beradi;
    • Akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar, qonunosti hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
    • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi;
    • Akademiyada “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi;
    • ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish asosida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
    • fuqarolik jamiyati akademiyalari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
    • Akademiyada korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, tahliliy materiallarni rahbariyatga taqdim etadi;
    • boʻlim faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan hujjatlar loyihalari koʻrib chiqilishini ta’minlaydi va takliflar tayyorlaydi;
    • Akademiya Kengashi tarkibiga kiritiladi hamda majlislarda ishtirok etadi;
    • boʻlim ishlarini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
    • boʻlim faoliyati bilan bogʻliq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ijro intizomiga toʻliq amal qiladi;
    • qonun hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarniamalga oshiradi.
    • Akademiya pedagog xodimlari, talaba yoshlar hamda jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularni qiynayotgan tizimli muammolarni oʻrganadi, oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan yoʻnalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlaydi;
    • korrupsiyaga qarshi kurashish borasida oʻtkaziladigan oʻrganishlar, tekshirishlar, tahlillar hamda ishlab chiqiladigan takliflarda mutaxassislarni jalb etishda ishtirok etadi;
    • korrupsiyaga qarshi oʻquv-uslubiy va metodik jihatdan, jumladan audio-video roliklar, foto hamda buklet va broshyura kabi materiallarni yaratishni yoʻlga qoʻyadi;
    • oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar koʻrishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa soʻrovlarni tashkil etadi;
    • qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.