“SIRTQI VA MAXSUS SIRTQI” TA`LIM BО`LIMI
IKRAMXODJAYEV FAXRIDDIN SULTANOVICH – “Sirtqi va maxsus sirtqi” ta`lim bо`limi boshlig`i
|
“SIRTQI VA MAXSUS SIRTQI” TA`LIM BО`LIMI HAQIDA MA`LUMOT
“Sirtqi va maxsus sirtqi” taʼlim boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muxandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3153-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi
№ 930 Qaroriga muvofiq, sobiq Toshkent Davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining “Xoreografiya sanʼati” fakulteti tarkibida tashkil etilgan.
Bugungi kunda “Sirtqi va maxsus sirtqi” taʼlim boʻlimida 148 nafar talaba taxsil olmoqda. Shundan: “Xoreografiya – 5151300 (Xoreografiya jamoalari rahbari)” taʼlim yoʻnalishi, sirtqi I kursida 41 nafar;
“Xoreografiya – 5151300 (Xoreografiya jamoalari rahbari)” taʼlim yoʻnalishi, sirtqi II kursida 57 nafar;
“Xoreografiya – 5151300 (Xoreografiya jamoalari rahbari)” taʼlim yoʻnalishi, IV kurs maxsus sirtqi va 5111000 “Kasb taʼlimi” yoʻnalishi maxsus sirtqi IV kursida birgalikda 50 nafar, jami “Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim” boʻlimida 148 nafar talaba taxsil olmoqda. Amaldagi “Nizom”ga muvofiq “Sirtqi (maxsus sirtqi)” taʼlim mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalarida boʻlim boshligʻi va oʻquv-metodik ishlar boʻyicha metodist lavozimlaridan iborat boʻlgan “Sirtqi (maxsus sirtqi)” taʼlim boʻlimi tashkil etiladi va mazkur “Nizom”ning 43 bandiga binoan “Sirtqi (maxsus sirtqi)” taʼlim boʻlimini oliy taʼlim muassasasi fakultetining dekani maqomiga tenglashtirilgan boʻlim boshligʻi boshqaradi. Shu sababdan shtatlar jadvalidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Davlat xoreografiya akademiyasi “Sirtqi (maxsus sirtqi)” taʼlim boʻlimi boshligʻi lavozimida – Ikramxodjayev Faxriddin Sultanovich faoliyat koʻrsatmoqda.
Oʻquv-metodik ishlar boʻyicha metodist lavozimida Djamalova Ziyoda Mirortiq qizi faoliyat yuritmoqda.
“Sirtqi (maxsus sirtqi)” taʼlim boʻlimida taxsil olayotgan talabalar har bir yangi oʻquv yilida ikki marta asosiy ish joylarida oylik maoshlari saqlangan holda oʻquv sessiyalariga chaqiriladilar. Oʻqish davrida “Sirtqi (maxsus sirtqi)” taʼlim boʻlimi talabalari oʻquv-metodik adabiyotlar, oʻquv-metodik hujjatlar, tarqatma materiallar bilan akademiya tomonidan taʼminlanadi va bilim olish uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratiladi.
Talabalar akademiyaning barcha oʻquv jihozlari, auditoriyasi, labaratoriyasi, kutubxonasi, axborot resurs markazlari hamda oʻquv-yordamchi tuzilmalari hizmatidan bepul foydalanadilar. Akademiyada oʻquv jarayoni oʻzbek va rus tillarida olib boriladi.
Akademiyada sirtqi taʼlim shaklida taxsil olish 5 yilni oʻz ichiga oladi.
Maxsus sirtqi shaklida taxsil olish 3 yildan iborat boʻlib, oʻquv rejasidan oʻrin olgan barcha predmetlarni oʻzlashtirgan hamda Davlat attestatsiyalaridan ijobiy baholar olgan talabalarga belgilangan shakldagi Davlat namunasidagi hujjatlar taqdim etiladi.