“О‘zbek tili, ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi

“О‘zbek tili, ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi

Kafedra mudiri: Murodova Matluba Shukurovna
filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), professor v.b.

  • Telefon:(+99871) 215-56-13
  • E-mail: murodova59@mail.ru

Qabul kunlari: dushanba – shanba

 

“О‘zbek tili, ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi haqida ma`lumot

 

 “О‘zbek tili, ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi  2023-yil 4-sentabrdagi Kengashining(navbatdan tashqari) 2-sonli bayonnnomasiga asosan tashkil etildi.

  О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Kengashining(navbatdan tashqari) 2-sonli bayonnnomasiga asosan M.SH.Murodova zimmasiga “О‘zbek tili, ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya” kafedra mudiri lavozimi  yuklatildi.

Hozirgi kunda kafedrani filologiya fanlari boʻyicha (PhD) Murodova Matluba Shukurovna boshqaradi, kafedra faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllaniladigan qonunchilik bazasiga asoslangan. Shu jumladan: “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonun, akademiyaning ta’lim tizimi faoliyatini tartibga solish boʻyicha normativ hujjatlari, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va “О‘zbek tili, ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasining ta’sis hujjatlari asosida ish olib boradi.

Kafedrada muntazam ravishda ilmiy-uslubiy seminarlar oʻtkaziladi, kafedra professor-oʻqituvchilarining ma’ruzalari tinglanadi va faol muhokama qilinadi. Bundan tashqari, kafedrada “Adabiyot gulshani”, “The language  and ART”, “Shaxmat”, “Xoreografiya san’atida axborot texnologiyalari” toʻgaraklari mavjud. 

Kafedrada asosiy shtatda 4 ta professor-о‘qituvchi  faoliyat olib boradi. Kafedraning  ilmiy salohiyati –asosiy-100%, umumiy-63,6%

Asosiy shtatda

  1. Murodova M.SH.-kafedra mudiri, falsafa doktori, professor v.b.
  2. Jomonov R.O.- filologiya fanlari nomzodi, professor v.b.
  3. Kosimova D.X.-falsafa doktori, dotsent v.b.
  4. Adasheva M.U.- falsafa doktori, dotsent v.b.

          Ichki oʻrindoshlar

  1. G‘aniyev J.H.- tarix fanlari nomzodi, dotsent.
  2. Shukurlayev M.S.-о‘qituvchi.

Tashqi oʻrindoshlar

  1. Zaxidova S.- tarix fanlari nomzodi, dotsent
  2. Rizayeva M.A.-sotsiologiya fanlari nomzodi, katta о‘qituvchi.
  3. Rojnova M.E.- katta о‘qituvchi.
  4. Badalov F.A.- katta о‘qituvchi.
  5. Soxibova О‘.N- katta о‘qituvchi.

 

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorligi:

Kafedra oʻzaro hamkorlik shartnomalariga ega. Yunus Rajabiy nomidagi oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti, “Oʻzbek adabiyoti, tillar va gumanitar fanlar” kafedrasi,  Toshkent davlat agrar universiteti “Oʻzbek adabiyoti va tillar” kafedrasi, О‘zRFA О‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, О‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti bilan amaliy hamkorlik qiladi. Hamkorlik doirasida quyidagi yoʻnalishlarda universitetlarning ixtisoslashtirilgan kafedralari bilan ishlar olib borilmoqda:

  • birgalikdagi tadqiqot faoliyati;
  • oʻquv adabiyotlari birgalikda yaratiladi;
  • maqolalar va nashrlar tayyorlanadi va nashr etiladi;
  • ilmiy-nazariy, amaliy forumlar, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkaziladi;
  • bayram dasturlarini tashkil qilish va ularni oʻtkazishda amaliy yordam beradi.

 

 Kafedrada oʻqitiladigan fanlar:

Bakalavr yoʻnalishi boʻyicha:

  • Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
  • Dinshunoslik
  • Xoreografiya san’atida axborot texnologiyalaridan foydalanish
  • О‘zbek tilini sohada qо‘llanilishi
  • Ma’naviyatshunoslik
  • Xorijiy tili (Fransuz tili)
  • Xorijiy tili (ingliz tili)
  • Umumiy pedagogika va psixologiya
  • Stilistika va tahrir asoslari
  • Jahon va Vatan adabiyoti. Navoiyshunoslik
  • Markaziy Osiyo san’at tarixi
  • Kasbiy pedagogika

 

Magistratura mutaxasissligi boʻyicha:

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Xoreografiya san’atida raqamli texnologiyalar
  • Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat
  • Amaliy xorijiy til (Francuz, ingliz)