“Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi

“XOREOGRAFIYA PEDAGOGIKASI” KAFEDRASI

SULTANGIROVA IRINA RADIKOVNA

“Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi mudiri

Telefon:  

Email: 

 

 

XOREOGRAFIYA KAFEDRASI TARIXI

 

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi “Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” PQ-4585-sonli Qarori asosida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy ta’lim muassasasi shaklida О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi  tashkil etildi. 

Mazkur qarorga kо‘ra Raqs san’ati sohasida “ustoz-shogird” an’analariga asoslangan raqs maktablarini yaratish, xalqaro standartlarga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar va kadrlarni tayyorlash, ilmiy salohiyatdan samarali foydalangan holda ilm-fanni jadal rivojlantirish maqsadida kо‘plab masalalarni amalga oshirish maqsad qilindi.

         О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bugungi kunda keng qamrovli akademiyalardan biri bо‘lib, unda zaruriy professional xoreografik bilimning muntazamligi ta’minlanadi. Xoreografiya yо‘nalishidagi diplomga ega, yuqori malakali mutaxasislarni tayyorlash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bu о‘quv muassasasida amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich uzluksiz ta’lim tizim, tо‘laqonli davr talabiga javob beruvchi mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Bu ta’lim tizimi yuksak darajadagi xoreografiya san’ati bilimini kafolati hisoblanadi.

“Xoreografiya”  kafedrasining tarixi bundan 35 yil ilgari boshlangan. Kafedra 1974-yil sobiq Toshkent davlat madaniyat instituti “Madaniy oqartuv ishlari” fakultetining  “Havaskor xoreografiya kollektivi  rahbari” bo‘limi nomi bilan tashkil etilgan.

Kafedraga  Moskva  davlat Teatr San’ati institutining (GITIS)  bitiruvchisi Xasanov Isroil  Ismoilovich boshchilik qilgan. Aynan I.I.Xasanov o‘ziga xos raqs akademiyasi, ya’ni professional xoreografik bilimga ega mutaxassislarni tayyorlashning asoschisi hisoblanadi. I.I.Xasanovdan keyin kafedraga S.SH.Burxonov, dotsent I.G.Gorlina, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi A.N.Mo‘minov, dotsent E.Y.Saitova, katta o‘qituvchi L.T.Xasanova, professor SH.M.Toxtasimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist O‘.N. Muxamedovalar,  dotsent  D.M Abduxakimovalar rahbarlik qilgan.

2023-yil 4-sentabrda “Xoreografiya” kafedrasi sohani rivojlantirish va yo‘nalishlar kesimida o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ikki kafedraga “Xoreografiya jamoalari rahbari” va “Xoreografiya pedagogikasi” kafedralariga bo‘lindi.

 “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasida  “O‘zbek raqsi” hamda “Baletmeysterlik san’ati” yo‘nalishlari faoliyat yuritadi va mana shu fanlar sifatini nazorat qiladi.

“Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasida esa “Klassik raqs”, “Xalq sahna raqsi”, “Tarixiy-maishiy raqs” va “Zamonaviy raqs” kabi fanlar mavjud bo‘lib, kafedra ushbu fanlar sifatini nazorat qiladi.

Bugungi kunda ikkita kafedrada ilmiy salohiyatli, professional, yosh kafedra mudirlari faoliyat olib boradi. “Xoreografiya pedagogikasi kafedrasiga Sultangirova Irina Radikovna, “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasiga esa Usmanova Gulasal Normuxammadovna boshchilik qiladi.  Ikki kafedra  professor-o‘qituvchilari  tomonidan barcha mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘quv  adabiyotlar, darsliklar yaratilib, ushbu darsliklar asosida  talabalar o‘z  bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar.

      “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari “ustoz-shogird”  tizimida olib borish jarayonida talabalarning  ijodiy ishlarga yo‘naltirganligi e’tiborga loyiqdir.  Xoreografiya  sohasining yetuk namoyondalari va baletmeysterlardan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi K.S.Sagatov, O‘zbekiston xalq artistlari B.R.Kariyeva,  Q.Mo‘minov,  O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar: O‘.Muxamedova, M.M.Maxmudova, D.Yunusova, G.Abdiyeva, CH.Djurabayeva, G.Madrahimova, “Do‘stlik” ordeni sohibasi E.Y.Saitova, dotsentlar: A.A.Magdiyeva, A.I.Yeshimbetova, R.R.Iskandarova, O.K.Komarova, SH.Jalilova, A.A.Boreyko, S.Useinova, SH.Kenjaboyev, D.Yoqubova kabi ustozlar o‘z mahorat va bilimlarini yoshlarga o‘rgatib kelishmoqda. Kafedra  professor-o‘qituvchilari tomonidan  “Ustoz-shogird” an’analari   muntazam  yo‘lgan  qo‘yilganligi  natijasida “Xoreografiya san’ati” fakulteti  talabalari nufuzli Respublika va xalqaro  ko‘rik-tanlov va festivallarining g‘oliblari bo‘lib kelmoqda.

Kafedralarda xorijiy OTMlardan mutaxassislarni jalb etgan holda talabalar uchun ilmiy-ijodiy uchrashuvlar hamda “Mahorat darslar”ni doimiy ravishda tashkil etib kelmoqda.

Xoreografiya pedagogikasi Nizomi