Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor

G`APUROV MIRMUXSIN KAMOLDINOVICH

ILMIY ISHLAR VA INNOVATSIYALAR BO`YICHA PROREKTOR
  • Qabul kunlari: Seshanba, Payshanba. 9:00 – 13:00
  • Tel: (+998 71) 215-56-96
  • E-mail: gofurov_1967@mail.ru

 

TARJIMAI HOLI  

G‘apurov Mirmuhsin Kamoldinovich 1967 yili Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug‘ilgan, millati о‘zbek, ma’lumoti oliy.

1993 yili Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining “О‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri dirijyori” (kunduzgi bо‘lim) mutaxassisligi bо‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

1994 yildan Toshkent davlat madaniyat institutining “Orkestr dirijyorligi” kafedrasida pedagogik faoliyatini boshlagan.

1999 yildan 2009 yilgacha katta о‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan.

2006 yili О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi”ni tamomlagan.

2012 yilda dotsent ilmiy unvoniga tasdiqlangan.

Mirmuhsin G‘apurov talabalarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga har yili akademiya, respublika va xalqaro miqyosda о‘tkazilayotgan ilmiy-ijodiy, ilmiy-nazariy konferensiyalarni tashkil etish bilan birga ularda о‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

4 ta о‘quv qо‘llanma va 40 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.

2019 yil 27 maydan О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.