Davra suhbati

🔸Joriy yilning 28 mart kuni О’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida «Yaqin qarindoshlar orasida nikohning salbiy oqibatlari» mavzusida talabalar uchun davra suhbati tashkil qilindi.

🔸Tadbirga Yakkasaroy tumani 60-oilaviy poliklinika ginekologi N.Ashurova, Konstitutsiya MFY xotin-qizlar masalasi bо‘yicha mutaxassisi G.Karabayeva, yoshlar yetakchisi G.Raximovalar taklif etildi.

🔸Davra suhbatida yoshlarga nikoh va uning mas’uliyati, oila tushunchasi, sog’lom ona, farzand tarbiyasi haqida batafsil aytib o’tish bilan birga, yaqin qarindoshlar orasidagi nikohning salbiy oqibatlari yuzasidan ham atroflicha ma’lumotlar berildi.

🔸Davra suhbatida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan