“Ma’naviy me’ros, san’at va yoshlar”

Kecha O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Ma’naviy me’ros, san’at va yoshlar” shiori ostida O’zbekiston davlat filarmoniyasi qoshidagi “Navbahor” ashula va raqs ansamblining “Liktoriya” kontsert dasturi bo’lib o’tdi.

Dasturda yoqimli tarona va qo’shiqlar ijro etildi hamda har bir sozanda o’z cholg’u asbobining yaralish tarixi haqida talaba-yoshlar va mehmonlarga so’zlab berdilar.

Ko’tarinki kayfiyatda o’tgan badiiy dastur tamoshabinlar olqishlari bilan to’ldi.
Dastur so’ngida esdalik uchun suratga tushildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan