Kuni kecha O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Ogohlik va hushyorlik davr talabi” shiori ostida “Giyohvandlik asr vabosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda Toshkent shahar narkologiya dispanseri xodimi, narkolog-shifokor N.X. Dadabayeva so’zga chiqib, insoniyat taraqqiyoti jadal rivojlanayotgan bir vaqtda, jahon xalqlari, millatlariga tahdid qiluvchi omillarning borligi va shunday hatarlardan biri giyohvandlik balosi, insoniyat kelajagi kushandasi ekanligi haqida alohida ta’kidlab o’tdi.
Tadbir davomida talaba-yoshlarga giyohvandlikning zararlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi hamda “Giyoxvandlikdan yoshlarni asraymiz” mavzusida videorolik namoish etildi.
Uchrashuv so’ngida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan javoblar olishdi.