TABRIKLAYMIZ!

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida O’zbekiston Respublikasi Olly va o’rta maxsus ta’lim vazirligining
2022-yil 22-dekabrdagi 422-sonli buyrug’iga muvofiq O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi uchun Mukarrama Turg’unboyeva nomli stipendiya ta’sis etilgan.

2022-2023-o’quv yili tanlovi uchun usbu mukofotga akademiyaning 2-kurs magistranti, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Yokubova Dildora Murodovna munosib deb topildi va g’olib deb e’lon qilindi.

Akademiya jamoasi
D.M. Yokubovani ushbu yutuq bilan chin dildan muborakbod etib, kelgusi faoliyatlariga ijodiy barkamollik tilaydi!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan