O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida «Ajdodlarni xotirlab» shiori ostida bobokalonimiz Amir Temur (1336-1405) tavalludining 687 yilligiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
🌺 Dasturni yoshlar masalalari bo’yicha dekan muovini
Y. Oatonoyev ochib berdi.
🌺 So’ngra o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor M.Sh. Murodova, buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, kuchli markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi, Oʻrta Osiyo tarixining keyingi rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan tug‘ma diplomat va nozik siyosatchi Amir Temur bobomizning hayoti haqida mehmonlar va talabalarga ko’rgazmali ma’lumotlar berdilar.
🌺 Bayram tadbirida mehmon san’atkorlar va akademiyaning iqtidorli talabalari tomonidan jozibador ashula va go’zal raqslar namoyish etildi. Bayram tadbiri hammaga manzur bo’ldi.