“Ogoh bo‘ling, Firibgarlik!”

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tyutorlari
H. Ro‘ziboev va
F. Atajanova hamda akademiya Profilaktika katta inspektori leytenant G. Matisakova bilan birgalikda “Ogoh bo‘ling, Firibgarlik!” mavzusida Axborot va murabbiylik soati mashg‘uloti olib borildi.

Mashg‘ulotda talaba-yoshlar “Iltimos menga ovoz berib yuboring” mazmunidagi tarqalayotgan turli xil “FEYK” xabarlarga aldanib qolishi, firibgarlarning turli elektron manzillardan shubhali xabarlar tarqatishi va bu orqali insonlarning login, parol, balans kabi shaxsiy ma’lumotlarini nazorat qilayotganligi hamda ushbu jarayonlarga aldanmaslik uchun maxfiy kodni hech kimga bermaslik lozimligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan