Halqaro hamkorlik aloqalari

Joriy yilning 6-9 aprel kunlari, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya” kafedrasi dotsenti A. Eshembetova hamda kafedra o’qituvchisi “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatdagi faolligini oshirish” mavzusidagi grant loyiha muallifi
Sh. Xudoynazarovalar Qozog’iston Respublikasi, Alma-Ata shahriga tashrif buyurib, loyiha doirasida amaliy tadqiqotlar va treninglar o’tkazib qaytishdi.

Bunda Alma-Ata shahrida joylashgan “Luch sveta” va “KUNBALA” nomli imkoniyati cheklangan bolalar tarbiyalanadigan maxsus markazlarda uchrashuv tashkil qilinib, amaliy mashg’ulotlar va xoreografik nazariy darslar olib borildi.

Shuningdek, markazdagi mutaxassis xodimlar bilan loyiha borasida suhbatlashildi.

Uchrashuv so’ngida markaz rahbarlari va loyiha jamoasining birgalikda amalga oshirishi kerak bo’lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi hamda hamkorlik shartnomalari imzolandi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan