Tanlov stipendiya

Kuni kecha O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha «El-yurt umidi» jamg’armasining stipendiya tanlovida Magistratura ta’lim dasturi bo’yicha g’olib bo’lgan, hozirda Buyuk Britaniyaning Exeter Universiteti magistranti Boymurodova Feruza Ziyot qizi akademiya talabalariga tanlov yuzasidan trening o’tkazdi.

Treningda Feruza Boymurodova talaba-yoshlarga tanlovning ahamiyati, xorijda ta’lim olishning muhim taraflari haqida so’zlab berdi va talabalarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan