TABRIKLAYMIZ!

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 3-kurs iqtidorli talabasi Yusupov Elchinbek Erkinovich Rossiya Federatsiyasi, Qozon davlat madaniyat institutida bo’lib o’tgan, sovet balerinasi, baletmeyster, pedagog, TASSRda xizmat ko’rsatgan artist, RSFSR, Tatariston va Boshqirdiston Respublikalari xalq artisti, Qozon davlat madaniyat instituti xoreografiya kafedrasining asoschisi Ninel’ Dautovna Yultiyeva nomidagi «Дорогою мечты» (Orzular y’oli) Vlll Xalqaro tanlov – xoreografiya san’ati festivalida «Chaban» xalq sahna raqsi bilan ishtirok etib, 1-darajali diplom sohibi bo’ldi.

Akademiya jamoasi Yusupov Elchinbek Erkinovichni ushbu zalvorli mukofot bilan tabriklab, kelgusi ijodiga ulkan zafarlar tilaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan