Befarq emasman

“Konstitutsiya — o‘zimizniki”

Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun “Konstitutsiya — o‘zimizniki” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida akademiya professori Ravshan Jomonov ishtirokchilarga yangilanayotgan Konstitutsiya va uning xalqchil, inson qadri ulug‘lanayotgan Konstitutsiya deb ta’riflanishi, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar negizida ham Inson uchun, Inson qadri uchun degan muhim omillar mavjudligi hamda shu omillarning Bosh Qomusimizda ham ifodalanishi keyingi islohotlar uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘tashligini Konistitutsiyadagi yangilangan moddalar misolida tushuntirib berdi.

So‘zga chiqqan barcha ustozlar Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, sohaga doir muhim jihatlar xususida ma’lumotlar berib, barchani 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq Referendumda ovoz berishga chorladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan