Tanlov

Joriy yilning 26-aprel kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Opera va balet san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-son garori hamda Vazirlar Mahkamasining «Opera va balet san’atini targib qilish va iqtidorli ijodkorlarni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2022-yil 5-oktabrdagi 569-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 24-26-aprel kunlari tashkil qilingan «Yosh balet ijrochilari» respublika korik-tanlovining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Yuksak saviya va qizg’in bellashuvlar bilan bo’lgan ko’rik-tanlov g’oliblari e’lon qilinib, homiylar tomonidan esdalik sovg’alari va moddiy rag’batlantirish orqali munosib taqdirlandilar.
Uchrashuv so’ngida esdalik uchun suratga tushildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan