Axborot soati

19-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari, tyutorlar
H. Ro‘ziboev,
F. Atajanova, akademiya Profilaktika katta inspektori, leytenant
G. Matisakova va Kibr jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’limi mas’ul xodimi leytenant A.Quvondiqov bilan birgalikda “Kibr jinoyatchilikning oldini olish”, “Odam savdosi» mavzularida Axborot va murabbiylik soati bo’lib o’tdi. 

Mashg‘ulotda talaba-yoshlar “Iltimos menga ovoz berib yuboring” mazmunidagi tarqalayotgan turli xil “FEYK” xabarlarga aldanib qolayotganligi, firibgarlarning turli elektron manzillardan shubhali xabarlar tarqatishi va bu orqali insonlarning login, parol, balans kabi shaxsiy ma’lumotlarini nazorat qilayotganligi hamda ushbu jarayonlarga aldanmaslik uchun maxfiy kodni hech kimga bermaslik lozimligi to‘g‘risida ogoxlantirildi.

Suhbat jarayonida talabalar o’z qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha ma’lumotlar olishdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan