ABITURIENTLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish e’lon qilinadi.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari:

  • Professional ta’lim (yo‘nalishlar bo‘yicha);
  • San’atshunoslik (turlari bo‘yicha);
  • Xoreografiya (turlari bo‘yicha);
  • Xoreografiya (zamonaviy raqs);

Abiturientlardan hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20-iyunidan

20-iyuliga qadar (20-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

barcha hududlarda:

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

– Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.my.dtm.uz) orqali.

Shuningdek, qabul jarayoniga oid ma’lumotlar va natijalarni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining (www.uzdxa.uz) veb-sayti va rasmiy telegram kanali (https://t.me/uzdxa_qabul_2023) orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan