Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari uchun ayrim nomli davlat stipendiyalari joriy etilganligi munosabati bilan 1993-yil 5-fevraldagi PF–555-son Farmon (https://lex.uz/docs/189598)ga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra, mazkur farmon 2-bandi tahrirlanib, nomli davlat stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati yangilandi.
Jumladan, Prezidentning PQ–414-son hamda PQ–20-son qarorlariga muvofiq ro‘yxatga tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur, jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud nomli stipendiyalari kiritilib, ularning soni 12 taga yetdi.
Nomli davlat stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:
▪️texnika yo‘nalishlarida – Beruniy;
▫️tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino;
▪️gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy;
▫️tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod;
▪️tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek;
▫️kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov;
▪️tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur;
▫️jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud;
▪️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy;
▫️Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;
▪️barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari.