“XON ATLAS” festivali goliblarini taqdirlash

Kuni kecha 2023 yil 28-sentabrda О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan talaba qizlar, ayol professor-о‘qituvchilar va hodimlar ishtiroklarida о‘tkazilgan “Xon atlas” festivali g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar bilan aniqlandi va bugungi
«1-oktabr – USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI» munosabati bilan о‘tkazilgan  “USTOZIM YO’LCHI YULDUZIM!” deb nomlangan bayram tadbirida tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar:
⭐️ 1. “ENG YAXSHI MILLIY LIBOS”–“Qizlarjon” klubi a’zosi Abduzoxidova Dildora;
⭐️ 2. “ENG YAXSHI MILLIY VA ZAMONAVIY LIBOS”-“Lider qizlar” klubi a’zosi Narzullayeva Shaxina;
⭐️ 3. “ENG YAXSHI XUDUDIY MILLIY LIBOS”-“Qizlarjon” klubi a’zosi Nazarova Yeliza;
⭐️ 4. “ENG YAXSHI MILLIY OBRAZ”-“Xoreografiya san’ati” fakulteti dekanati jamoasi;
⭐️ 5. “ENG YAXSHI MILLIY LIBOS TARG‘IBOTCHISI”-Tyutorlar jamoasi;
⭐️ 6. “ENG YAXSHI TADBIR YORITUVCHISI”-Matbuot kotibi-Umarova Shoira;
⭐️ 7. “ENG YAXSHI ISHTIROKCHI”-“Qizlarjon” klubi a’zosi Nurillayeva Matluba hamda
Xitoy davlatidan xorijiy talaba sifatida milliy raqs sirlari ilmini о‘rganish maqsadida magistratura 1-bosqichiga qabul qilingan Sulaiya Aerkenga milliy adras libosini ramziy tarzda “XOREOGRAFLAR OILASINING YANGI A’ZOSI” sifatida taqdim qilindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan