YANGI YIL TABRIGI

Hurmatli akademiyamiz jamoasi va aziz talabalar! Sizlarni kirib kelayotgan Yangi – 2024-yil bilan samimiy muborakbod etaman!

Kirib kelayotgan Yangi yil Sizga va oila a’zolaringizga muvaffaqiyat, omad va albatta mustahkam salomatlik yili bо‘lsin.

Xoreografiya san’ati rivoji yо‘lida olib borayotgan fidokorona faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar, ilmiy va ijodiy izlanishlaringizda azmu-shijoat tilayman!

Yil davomida yaxshi kayfiyat va omad Sizlarni aslo tark etmasin! Xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik va fayzu-baraka arimasin. 2024-yilda sihat-salomatlik, shodu-xurramlik, baxtu-saodat barchangizga hamroh bо‘lsin!

Yangi yilingiz qutlug‘ kelsin, azizlar!

О‘zbekiston davlat xoreografiya
akademiyasi rektori
Shuxrat Toxtasimov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan