Joriy yilning 22-yanvar kuni
O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi dotsenti v.b., Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta teatri sobiq balet solisti ISKANDAROVA ROZA RAXMANOVNAning 80 yoshni qarshilaganliklari munosabati bilan “SAN’ATGA BAXSHIDA UMR” deb nomlangan ijodiy tantanali kechasi bo’lib o’tdi.
Butun umrini san’atga baxsh etgan Roza Iskandarova ademiyada kechgan ko’p yillik faoliyati davomida xoreografiya sohasiga, klassik raqs san’ati rivojiga, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va iqtidorli yoshlarni tarbiyalashda munosib hissa qo’shib kelmoqda.
🇺🇿Roza Iskandarova Raxmanovnaga, ijodiy kechaning ochilishida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning tabrigini vazir maslahatchisi Shavkat Ortiqov o‘qib eshittirdi hamda “Madaniyat va san’at fidokori” kо‘krak nishoni va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Tantali kechaga, shuningdek, A.Navoiy nomidagi Katta teatr baletining solistlari, О’zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri artistlari, О‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyortlari, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi tashrif buyurdi.
Bayram tadbirida mehmonlar hamda akademiya professor-o’qituvchilari kecha malikasi, jonkuyar ustoz – Roza Rahmanovnani 80-yillik yubiley to’ylari bilan qutlab, ularga uzoq umr, mustahkam sog’liq, oilaviy baxt, faoliyatlarida omad, zafarlar tilab, mehribon va sevimli ustozga bo’lgan hurmatlarini go’zal raqslar guldastasi bilan namoyish etdilar.