Fidokorona mehnat e’tirofi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida uzoq yillik ijodiy va pedagogik faoliyati davomida klassik raqs san’ati rivojiga, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, iqtidorli yoshlarni tarbiyalash ishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Roza Iskandarova tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Yubiley munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning tabrigini vazir maslahatchisi Shavkat Ortiqov o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan ustoz ijodkorga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-o‘qituvchilari, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, poytaxt teatrlari vakillari, pedagoglar, talaba-yoshlar so‘zga chiqib, Roza Iskandarovaning ijodiy faoliyatini, jonkuyarligi va fidoyiligini e’tirof etishdi. Shogirdlari tomonidan ijro qilingan turli raqslar kechaga yanada fayz bag‘ishladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan