🇦🇪🇺🇿 Joriy yilning 30-yanvar kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga Birlashgan Arab Amirligining Fujayra Nafis san’at akademiyasi vakillari: Alaa Salah Atiya – Madaniyat va san’at bo’yicha direktor yordamchisi, Janob Ramiy Xaj Hasan – Madaniyat va san’at bo’yicha direktor yordamchisi, Nigora Yoqubova – BAAning Toshkentdagi elchixonasi kotibi va tarjimoni hamda Adnan Alkak, akademiya fotografi tashrif buyurdi.
Mehmonlar tashrif davomida maxsus fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashib, talabalarning o’quv jarayonlari, talabalar turar joyi, kutubxona, o’quv xonalari bilan tanishdilar.
Uchrashuv yakunida mehmonlar uchrashuv samarali o‘tganini aytib, kelgusida hamkorlik qilish niyatida ekanliklarini e’lon qildilar.