Joriy yilning 15-16 fevral kunlari O’zbekiston davlat xoreogarafiya akademyasida o’zbek raqs san’atiga o’z hissasini qo’shgan baletmeysterlar, M.Turg‘unboyeva shogirdlari, soha mutaxassislari va professor-o‘chqituvchilar ishtirokida M.Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” respublika teletanlovini yuqori saviyada o‘tkazish masalasi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🟢Suhbatda M.Turg‘unboyeva hamda o‘zbek raqs san’ati darg‘alari tomonidan sahnalashtirilgan milliy raqs asarlarini bor bo‘y-basti bilan saqlab, kelgusi avlodga yetkazish – tanlovning asosiy maqtssadlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.
🔵Shuningdek, davra suhbatida tanlov nizomi, uning bosqichlari, tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar, liboslar, ijro dasturlari muhokama etilib, akademiya professor-o‘qituvchilari o‘zbek raqs san’atida o‘z o‘rniga ega taniqli raqqosa va baletmeysterlar tomonidan takliflar berildi.
🔵Mutaxassislar tomonidan berilgan takliflarga ko‘ra – M.Turg‘unboyeva raqslarini abadiylashtirish, har bir raqs asarini bor go‘zalligi bilan asrab, unga o‘zgartirish kiritmaslik maqsadida 2024-yil 26-fevraldan 1-martga qadar Respublika miqyosida “Mahorat darsi” o‘tkazish rejalashtirilib
Ishchi guruh tashkil etildi.