Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ulug‘ shoir, mashhur davlat arbobi, mumtoz adabiyotimizning ulkan namoyandasi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Atoqli boburshunos olim, akademik A.A’zam, O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanali direktori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sh.Hayitov, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti v.b., filologiya fanlari doktori (DSc) H.Hamroyeva buyuk shoh va shoirning jahon madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Shuningdek, tadbir doirasida sharqshunos olim Shokirxon Rustamxo‘jayev tomonidan tayyorlangan “Zahiriddin Muhammad Bobur-Boburiylar…” nomli 5 jildlik kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur besh jildlikka turli davrda ulug‘ shoirning hayoti va ijodi haqida yozilgan ilmiy, ilmiy–ommabop maqolalar, Boburiylar tarixi haqidagi deyarli barcha ma’lumotlar jamlangan.
Tadbirda O‘zDXA“ San’atshunoslik” yo‘nalishi talabalari J.Mirsoliyev, Sh.Qodirov, M.Tursunovalar ishtirok etishdi. Xususan, M.Tursunova tomonidan ijro etilgan raqs tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Lavhani O‘zDXA talabasi J.Mirsoliyev tayyorladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan