“Xorazm “Lazgi” turkumi: tarixi va shakllanish bosqichlari”

Joriy yilning 27-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, “Xoreografiya jamoalari rahbari” yo‘nalishi 2-bosqich talabalari bilan “O’zbek raqsini o‘rganish uslubiyoti” darsi doirasida O‘zbekiston xalq artisti, O‘zDXA Urganch filiali professori Gavhar Matyoqubova bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

“Xorazm “Lazgi” turkumi: tarixi va shakllanish bosqichlari” mavzusida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda O‘zDXA rektori Sh.Toxtasimov, “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti v.b., filologiya fanlari doktori (DSc) H.Hamroyeva, “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi dotsenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G.Madrahimova, “Nihol” Davlat mukofoti sovrindori D.Artiqovalar ishtirok etdi.

Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berar ekan, G.Matyoqubova Xorazm raqs maktabining, xususan “Lazgi” turkumining tarixiy–falsafiy, badiiy–estetik, etnografik–ma’rifiy tamoyillari, ularni ilmiy asoslash usullari xususida alohida to’xtalib o‘tdi. Ijodiy uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan