Kuni kecha, 11-mart kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi taklifiga binoan A.Ya.Vaganova nomidagi Rossiya balet akademiyasi delegatsiyasi: rektor yordamchisi Vitaliy Leonidovich Vilenskiy, xalqaro kafedra mudiri Igor Sergeevich Garanin hamda klassik va duet-klassik raqs kafedrasi katta o’qituvchisi Miotsi Feton tashrif buyurdi.
🇷🇺Uchrashuv davomida mehmonlar akademiyada yaratilgan sharoitlar, o’quv xonalari, raqs zallari undagi qulayliklar bilan tanishdilar, shuningdek, akademiyalar oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va sheriklik aloqalarini mustahkamlash borasidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.