Har kuning Navrо‘z bо‘lsin

Joriy yilning 19-mart kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “О‘zbek tili, ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi professor-о‘qituvchilarining Navro’z umumxalq bayrami oldidan Yakkasaroy tumani “Konstitusiya” mahalla fuqarolari bilan “Har kuning Navrо‘z bо‘lsin” mavzusida davra suhbati bо‘lib о‘tdi.

Davra suhbatida kafedra mudiri M.Murodova, kafedra professori R.Jomonovlar Navrо‘z bayrami tarixi, kelib chiqishi haqidagi manbalardan ma’lumot berib о‘tdilar.

Uchrashuvda shuningdek, О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Muhammad Ismoil ham ishtirok etib, she’riyat ixlosmandlariga manzur bо‘lgan ijod namunalaridan о‘qib berdi hamda “Boshimdagi tojim – onam” deb nomlangan kitobini mahalla kutubxonasiga sovg‘a qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan