Xalqimizning o’ziga xos udumlari, urf-odatlaridan biri bu, bayramlar oldidan, bayramlarda yoshi ulug’ onaxonu otaxonlar, ustozlar bayram bilan qutlanadilar. “Navro’z” bayrami esa aynan shunday e’tiborni, mehr-oqibatni, hurmatni targ’ib qiluvchi bayram desak, mubolag’a bo’lmaydi.
Shu munosabat bilan kuni kecha O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bir guruh oqituvchilari ustozlari ziyoratida bo’lib, ularni bayram bilan tabriklab ularga bo’lgan hurmatlarini namoyish qildilar.