Xalqaro ilmiy amaliy ko’rik tanlov

«Raqs sanʼati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.02.2020 yildagi PQ-4585-sonli qarori ijrosi bugungi kunda, amalyotda oʻzining natijasini koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi, Mukarrama Turgʻunboeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli raqqosasi Toʻxtasinova Gulira’no Anvarjon qizi Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) miqiyosida oʻtkazilgan «Kelajak qanoti» xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik-tanlovda oʻzining «Oʻzbek raqs sanʼatining rivojlanish yoʻllari» nomli maqolasi bilan ishtirok etib, ko’rik-tanlovning koʻkrak nishoni, maxsus esdalik statuetkasi hamda sertifikati bilan taqdirlandi.

Akademiya jamoasi G.A.Toʻxtasinovani mukofot bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaydi.

Lavhani O’zDXA talabasi Zoir O’roqov tayyorladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan