Joriy yilning 17 aprel kuni Mukarrama Turg’unboyeva nomidagi «Milliy raqs ijrochilari» Respublika tanlovida 20 nafar raqqosa Andijon viloyat bosqichida ishtirok etdi va ulardan 3 nafari Respublika bosqichiga yo’llanma oldi.
Tanlovda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi katta o’qituvchisi, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Shahzoda Xudoynazarova hakamlar hay’ati raisi sifatida ishtirok etdi.