Mukarrama Turg’unboyeva nomidagi «Milliy raqs ijrochilari» Respublika tanlovi

Joriy yilning 17 aprel kuni Mukarrama Turg’unboyeva nomidagi «Milliy raqs ijrochilari» Respublika tanlovida 20 nafar raqqosa Andijon viloyat bosqichida ishtirok etdi va ulardan 3 nafari Respublika bosqichiga yo’llanma oldi.

Tanlovda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi katta o’qituvchisi, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Shahzoda Xudoynazarova hakamlar hay’ati raisi sifatida ishtirok etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan