Prezident va nomli davlat stipendiyalariga qabul boshlandi!

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2024-2025 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli (Islom Karimov) davlat stipendiyalariga qabul e’lon qiladi!

✍️ Talab etiladigan hujjatlar:

✅Reyting daftarchasidan ko‘chirma;
✅Dekanat tavsiyanomasi;
✅Kafedra tavsiyanomasi;
✅Ilmiy rahbarining xulosasi;
✅E’lon qilingan ilmiy-ijodiy ishlar ro‘yxati;
✅E’lon qilgan ilmiy-ijodiy ishlarining pdf nusxasi;
✅Erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi (diplom, sertifikat, faxriy yorliq).

🔽Talabgorlar quyidagi jihatlarga ham e’tibor berishlari kerak:

✅Magistrantlar 1-kursni, bakalavrlar 2-yoki 3-kursni tamomlayotgan bo‘lishi;
✅Reyting daftarida baholari a’lo bo’lishi;
✅Turli nufuzli xalqaro hamda respublika ilmiy jurnallarida, konferensiyalarda ilmiy-ijodiy ishlari bo’lishi;
✅Ingliz tili, O’zbekiston tarixi va axborot-texnologiyalaridan puxta bilimga ega bo’lishi.

➡️ Batafsil tanishish uchun nizom 👇
https://lex.uz/ru/docs/-5712664

📞 Murojaat va hujjatlarni Shaxzoda Xudoynazarovaga yuborishingiz mumkin:

➡️ +998 90 821 54 44
@tursunovna_sh

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan