Bugun 5-iyun kuni akademiyaning yetakchi konsertmeysteri Sitnikov Oskar Ioganovichning 70 yoshlik yubileyi hamda 50 yillik ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Yubiley tadbiriga barcha mumtoz raqs san’atining yirik namoyondalari tashrif buyurdilar va maestroning qo‘shaloq yubiley kechasi bilan samimiy muborakbod etdilar.
Ijodiy kechada Alishet Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta teatri yetakchi solistlari hamda akademiyaning iqtidorli talabalari jahon klassikasiga mansub balet variatsiya, adaljo, duet, va parti Pas de deux ijro etdilar.
Akademiya jamoasi nomidan Sitnikov Oskar Ioganovichni qo’shaloq bayramlari bilan muborakbod etib, ularga mustahkam sog’liq, kelgusi ijodiy faoliyatlarida omad va zafarlar tilaymiz!