Buyuk Britaniyaning Chevening stipendiya dasturiga arizalar qabuli endi ochiq!

Stipendiya yetakchilik qobiliyatiga ega nomzodlarga Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlarida magistrlik darajasini olish imkoniyatini, shuningdek, butun dunyo boʻylab 50 000dan ortiq bitiruvchilardan iborat global tarmoqni taqdim etadi!

🎓 Grant olish huquqiga ega bo’lish uchun nomzod:
– O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi,
– bakalavr darajasiga ega bo’lishi,
– kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi,
– Britaniyaning uchta universitetiga hujjat topshirib, 2025-yil iyul o’rtasigacha kamida bittasiga to’liq (unconditional offer) qabul qilinishi,
– o‘qishni tamomlagandan keyin kamida 2 yilga O‘zbekistonga qaytishi kerak.

Jahon darajasidagi ta’lim olish va Buyuk Britaniya madaniyati bilan tanishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📆 Arizalar qabuli 2024-yil 6-avgustdan 5-noyabrgacha ochiq. Arizangizni quyidagi havola orqali topshiring:

https://www.chevening.org/apply/

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan