Xalqaro aloqa – Mahora darsi

Joriy yilning 27-29 sentabr kunlari O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi «Xoreografiya jamoalari rahbari» kafedrasi dotsenti, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Gulshoda Abdiyeva tomonidan Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk davlat madaniyat
institutida “O’zbek raqsi” fanidan xalqaro miqyosdagi katta mahorat darsi o’tkazildi.

Mahorat darsi doirasida Ishtirokchilarga milliy o’zbek raqs san’atining uchta asosiy – Farg’ona, Buxoro, Xorazm raqs maktablaridagi qo’l, oyoq holatlari, ijro etiluvchi raqs harakatlari namoyish etildi hamda asoschilari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan