Taqdirlash

Kuni kecha, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligini keng nishonlash tо‘g‘risida” 2024-yil 12-sentabrdagi PQ-323-son qarori hamda О‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik kо‘rish va о‘tkazish bо‘yicha tashkiliy qо‘mita majlisining 158-son bayonida belgilangan “Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini о‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovinining birinchi bosqichi о‘tkazildi. (https://t.me/uzdxa_official/13224)

Tanlovga akademiya talabalaridan kelib tushgan 20 dan ortiq ilmiy maqolalar Ekspertlar guruhi tomonidan tahlil etildi. Ekspertlar xulosasiga kо‘ra “San’atshunoslik” ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabasi Mirsoliyev Jamshidbek 1-о‘rin, “Xoreografiya jamolalari rahbari” ta’lim yо‘nalishi 4-bosqich talabasi Rasulova Ruxshona 2-о‘rin va “Xoreografiya jamolalari rahbari” ta’lim yо‘nalishi 2-bosqich talabasi Nо‘monova Dilyora 3-о‘rin g‘olibi deb topilib, tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etildi.
Tanlov g‘oliblariga akademiyaning maxsus diplomi va badiiy adabiyotlar tо‘plami topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan