“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi”

Joriy yilning  5-noyabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida
“Korrupsiyasiz hayot” targ‘ibot tadbirlari doirasida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida akademiyaning 1-bosqich talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Suhbatni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Sultanova Rushana Ramilovna ochib berdi hamda akademiya profilaktika inspektori, katta leytinant Go’zal Matisakova taklifi bilan tashrif buyurgan tadbir mehmoni Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori Feruza Muhitdinova bilan tanishtirdi.

Tadbirda F.Muhitdinova talabalar bilan samimiy suhbatlashib, ularga o’qishda, ishda va hayotda duch kelishi mumkin bo’lgan korrupsiyaviy holatlar haqida so’zlab, bunday holatlarning oldini olishda lozim bo’ladigan kerakli ko’rsatmalar bilan tanishtirdi.
Davra suhbati davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar oldilar.

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan