O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi v.b. professori, dotsent Inna Grigoryevna Gorlina O’zbekistondagi 🇷🇺Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi, xorijdagi vatandoshlar va xalqaro gumanitar hamkorlik bo’yicha Federal agentligining (Rossotrudnichestvo) diplomi bilan taqdirlandi.
San’atga sadoqati va balet orqali madaniyatlarni birlashtirishga, xalqaro gumanitar va madaniy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi hamda faol ishtiroki uchun taqdim etilgan ushbu mukofot bilan Akademiya jamoasi nomidan muborakbod etib, ustoz I.G.Gorlinaga mustahkam sog’liq, kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz!